Aholi bilan muloqot

 

O‘zXDP Toshkent viloyati Chirchiq shahar kengashi raisi N. Raxmanberdieva, 25-okrug deputati A.Maxsumov, "Ma'rifat" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi D. Ashirov bilan birgalikda mahalla faollari bilan uchrashdi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Oliy Majlisi va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda unda ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati va ahamiyati, erishilgan ijobiy natijalar, shuningdek mamlakatimiz farovonligini oshirish, qo‘yilgan maqsad vazifalarni izchil amalga oshirishda jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini hisoblangan mahalla institutining o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotgani haqida fikrlar bayon etildi.

Uchrashuvda mahalla fuqarolari ham faol qatnashib, ushbu murojaatnoma mazmun-mohiyati haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish