Harbiylar sharaflandi

 

O‘zbekiston XDP Farg‘ona tuman kengashi tomonidan O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil topgan kunning 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 92-29-Harbiy qismda bayram tadbiri uyushtirildi.

Unda tumandagi mudofa bo‘limi IIB xodimlari, Xalq depuatalari viloyat Kengashi deputati A Zikriyaev, tuman ma'naviyat-marifat bo‘limi, tuman madaniyat bo‘limi san'atkorlari, 92-29-harbiy qism askarlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida tuman madaniyat uyi sanatkorlari o‘z chiqishlarini bilan yig‘ilganlarga xursandchilik bag‘ishladi. Yoshlarni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi. Harbiy xizmatchilarning jangovor chiqishlari ham namoyish etildi.

Tadbir so‘nggida bir guruh harbiy sohada va vatan himoyasiga hissa qo‘shgan osoyishtalik posbonlariga Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A. Zikriyaevning faxriy yorliqlari va sovg‘alari topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish