Uyma-uy loyihasi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Xalq deputatlari Chimboy tumani Kengashi “Uyma-uy” loyihasini yo‘lga qo‘ydi. Uning doirasida birinchi navbatda ayollar muammolari hal etilmoqda.
“Mayjap” ovul fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar oldi va muammolari o‘rganildi.
Qahraton qish sharoitida zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bilan birga, uylarni isitish uchun o‘tin yetkazib berildi.