Mehr ulashaylik

 

“Mehr ulashaylik” loyihasi doirasida Sherobod tumanida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston XDP Sherobod tuman kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Madarqulov, tumandagi “Novbur” mahallasi raisi, partiya a’zosi А.Norqulov, XDPning faol a’zolari bo‘lgan xotin-qizlar faoli А.Yangieva va hokim yordamchisi X.Tulovov hamda yoshlar yetakchisi R. Safarovlar tomonidan mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, yolg‘iz yashovchi va imkoniyati cheklangan fuqarolarning holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Ko‘rsatilgan bu e’tibordan ko‘ngli kemtik insonlar juda mamnunligini bildirib, yurtboshimizni va tashkilotchilarni uzoq duo qilishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish