Ayollarning muammolari o‘rganildi

 

O‘zXDP Oqoltin tumani kengashi tomonidan "Ahillik" MFY hududida "Uyma-uy" loyihasi doirasida uyma-uy yurib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar xonadoniga tashrif buyurildi. Ayollar bilan yaqindan suhbat qurib, muammolari o‘rganildi.

Mahallada og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan, ish bilan ta’minlanmagan ayollar bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borildi.

Tuman deputati Z. Mirzayeva homiyligida kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish