Hamdardlik
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zXDP G‘uzor tuman kengashi raisi sifatida uzoq yillar ishlagan Ruzi Xolmanova vafot etdi.
Ruzi opa el xizmatida fidoyi mehnat qildi, ko‘plab shogirdlar, o‘zidan yaxshi nom qoldirdi.
Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va Qashqadaryo viloyat kengashi marhumaning yaqinlari hamda oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.
O‘tganlarning oxirati obod bo‘lsin!