Mahallalarning ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi

 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashiga O‘zbekiston XDPdan saylangan Nodirjon Soliev Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati bilan birgalikda Davlatimiz rahbarining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori ijrosi ta’minlanishi, aholining ko‘p yillik muammolari hal etilishini nazorat qilmoqda.

Ayni qaror asosida tumandagi So‘fi, Soyguzar, Mustaqillik, O‘raboshi, Gulobod hamda Soykeldi mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ishlar boshlandi.

Amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli olib borilishi hamda o‘z muddatida yakunlanishi, ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri va to‘liq sarflanishi doimiy jamoatchilik hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish