Onalik va bolalik muhofazasi – doimiy e’tiborda

 

O‘zbekiston XDP G‘allaorol tuman kengashi tashabbusi bilan Jiydali QFY dagi oilaviy poliklinikada “Onalik va bolalik muhofazasi – doimiy e’tiborda” loyihasi doirasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ayollar va o‘smir qizlarni sog‘lomlashtirish va bo‘lajak onalarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalar va bolalarning salomatligini mustahkamlash maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Unda 70 dan ortiq xotin-qizlar va bolalar ishtirok etdi. Ayollardan ikki nafariga imtiyozli davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish