Yo‘qlov tadbirlari o‘tkazildi

 

O‘zbekiston XDP Pop tuman kengashi tomonidan “Uyma-uy” loyihasi doirasida tumandagi Muqimiy, Ozod mahalla fuqarolar yig‘inida yo‘qlov tadbiri o‘tkazildi.

Unda O‘zXDP Pop tuman kengashi raisi G. Mo‘minova, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari A. Nazirov, Sh. Hakimovalar hamda Muqimiy MFY raisi R. Gapparov, hokim yordamchisi T.Mirzaumarov, Ozod MFY xotin-qizlar faoli M. Isroilovalar ishtirok etdi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar xonadoniga tashrif buyurib, ular bilan yaqindan suhbat qurildi.

Jumladan, Muqimiy MFY, Muqimiy ko‘chasida istiqomat qilayotgan 1972 yilda tug‘ilgan 1-guruh nogironi Rahima Pirmatova, 2 nafar nogiron farzandi bor Muhabbat Yigitaliyeva hamda Ozod mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan 1985 yilda tug‘ilgan bolalikdan nogiron Nargiza Tursunova xonadoniga tashrif buyurib, ularni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi.

Suhbat chog‘ida mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor, ular uchun yaratilayotgan sharoitlar, qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi to‘g‘risida O‘z XDP Pop tuman Kengashi raisi Gulbahor Mo‘minova tomonidan qisqacha ma’lumotlar berildi.

Yo‘qlov tadbiri davomida xotin-qizlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, bildirilgan fikr va takliflar o‘rganildi. Deputatlar tomonidan moddiy va ma’naviy ko‘mak hamda oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish