Deputatning bir kuni

 

O‘zbekiston XDP Qumqo‘rg‘on tuman kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Nomozov “Nurli diyor” mahallasi hokim yordamchisi, partiyaning faol a’zosi Q. Mamatqulovlar bilan birgalikda mahalla faollari bilan uchrashdi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llangan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati tushuntirildi. O‘tgan yili barcha sohalarda erishilgan natijalar va yutuqlar, kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida mahalla oqsoqollari ushbu mahallada hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan murojaat qilishdi. Barcha savollarga deputat tomonidan javob berildi va murojaatlar yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish