Onalik va bolalik muhofazasi
O‘zbekiston XDP Bo‘ston tuman kengashi tomonidan "Pillakor" MFY da "Onalik va bolalik muhofazasi doimiy e’tiborda" loyihasi asosida tadbir tashkil etildi.
Unda Pillakor MFYda yashovchi faol xotin-qizlar va tug‘ish yoshidagi ayollarga Tibbiyot birlashmasi mas’ul shifokorlari tomonidan reproduktiv salomatlik, inson sog‘ligini muhofaza qilish va to‘g‘ri ovqatlanish borasida kerakli maslahatlar berildi.
Shuningdek, yosh oila bekalariga farzand tarbiyasida tushunchalar berib, to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha ishlab chiqilgan qo‘llanmalar tarqatildi.