Tibbiyotdagi islohotlar ijrosi o‘rganildi

 

O‘zbekiston XDP Toshloq tuman tashkiloti rahbari T. N.Soliev tomonidan tumandagi Turvat oilaviy shifoxonasida fuqarolarga yaratilgan sharoitlar va ijtimoiy dorixona faoliyati yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

Oilaviy shifokorlik punkti Turvat mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 10336 nafar aholiga namunali tibbiy xizmat qilmoqda. OShP jamoasi "Tashabbusli budjet" loyihasida bino qayta ta’mirlanish loyihasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, jami 850-million so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy tibbiy apparaturalar bilan ham jihozlangan.

Yaratilayotgan sharoitlardan mahalla ahli xursand ekanliklarini bildirishdi. Ijtimoiy dorixonada sotilayotgan dorilarning sifatliligi, amal qilish muddati va narxlarining xamyonbopligi hamda kerakli dorilarni mazkur ijtimoiy dorixonalarga o‘z vaqtida yetkazib berilish ahvoli va undagi muammolar o‘rganildi. Tibbiyot xodimlari bilan suhbatda bugungi kunda sohaga Davlatimiz tomonidan berilayotgan yuksak e’tibor va tibbiyotdagi so‘nggi yangiliklar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir so‘nggida partiyamiz safiga qabul qilingan soha xodimlariga O‘zbekiston XDP ning a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish