"Uyma-uy" loyihasi amalda

 

O‘zbekiston XDP Buloqboshi tuman kengashi tomonidan "Uyma-uy" loyihasi asosida tadbir tashkil etildi.

Unda viloyat Kengashi deputatlari M. Xolmirzayeva va S. Yo‘ldoshevlar Shirmonbuloq, Baynalminal va Sharq yulduzi MFYlarda yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, og‘ir vaziyatga tushib qolgan va nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarning holidan xabar olib, muammolarining yechimi bo‘yicha amaliy ko‘mak berishdi.

Shuningdek, Sharq yulduzi mahallasida yashovchi Diloromxon Otasheva, Baynalminal MFYdan Sanobarxon Abduxoliqova, Shirmonbuloq MFYdan Halimaxon Karimova va Buxajalxon Mamatovalar xonadonlariga borib, bugungi kundagi siyosiy va ijtimoiy islohotlar bilan tanishtirib, homiylar tomonidan ajratilgan moliyaviy yordam pullarini topshirishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish