O‘zbekiston XDP Sherobod hamda Qiziriq tuman kengashlari tomonidan “Uyma-uy” loyihasi doirasida fuqarolarning uylariga borib muammolari o‘rganildi.
Sherobod tuman kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M. Madarqulov “Navbur” mahallasida yashovchi nogironligi bo‘lgan ijtimoiy ximoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi. Muloqot davomida aniqlangan muammolar, davolanish uchun bepul dori-darmon, uylarni ta’mirlashda moddiy yordam so‘rab qilingan murojaatlar tuman hokimligiga taqdim etilib, uning ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.
O‘zbekiston XDP Qiziriq tuman kengashi vakillari Yu.Umbarov, F.Baltayevalar tumandagi “Yangi turmush” mahallasida yashovchi nogironligi bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar xonadonlarida bo‘lishdi.
Aholi murojaatlarining yechimi yuzasidan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.