Muammoli masalalar yuzasidan takliflar ko‘payishi kerak

 

O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi Ijroiya qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda viloyat partiya tashkilotlari tomonidan 2022 yilda barcha yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar natijalari tahliliy hamda tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, 2022 yilda viloyat partiya tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalari tomonidan partiya Ustavi va Saylovoldi dasturi, ish rejalarida belgilangan maqsad va vazifalar, partiya maqsad va g‘oyalarini keng aholi orasida targ‘ib etish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilgan.

Shu bilan birga partiya tashkilotlari tomonidan mavjud barcha imkoniyatlar to‘la ishga solinmayotganligi, mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlarining sessiyalarda hududlarda partiya elektoratini va aholini qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, muammoli masalalarni ko‘tarib chiqishdagi tashabbuslari, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish, deputat so‘rovi institutidan samarali foydalanish yo‘nalishidagi faoliyatlari sustligi, partiya binolaridan samarali foydalanish, partiya g‘oyalarini ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilishning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi kabi qator masalalar ham tanqidiy qo‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh. Raxmonov, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi sektor mudiri G. Asatovalar ham partiya tashkilotining o‘tgan yildagi erishgan yutuqlarini e’tirof etib, kelgusida partiya tashkiloti hamda deputatlik birlashmalari e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar.

Ijroiya qo‘mita yig‘ilishi yakunida kelgusidagi vazifalar belgilanib olinib, tegishli qaror qabul qilindi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish