Deputatlik nazorati o‘rnatildi

 

O‘zbekiston XDP Boysun tuman kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z. O‘zbekova, Xalq deputlari Boysun tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi a’zolari, B. Voxidova, O‘. Jabborov hamda F. Tursunqulovlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 apreldagi "Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori bilan tasdiqlangan "Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifatini yaxshilash, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora tadbirlar" Dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

Boysun tumanidagi 7-sonli oilaviy poliklinikada tashkil etilgan tibbiyot punktlari (maxsus konteyner)dagi shart-sharoitlar bilan tanishib, tibbiyot xodimlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati surishtirildi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish