Qashqadaryoda Yoshlar parlamentiga saylovning 2-bosqichi
Bugun O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat kengashida Yoshlar parlamenti a’zoligiga saylovning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ishtirok etgan yoshlar notiqlik qobiliyati, huquqiy savodxonlik, taqdimotning Nizom talablariga mosligiga qarab baholandi.
Viloyatning 133-Shahrisabz va 138-Ko‘kdala saylov okruglaridan ko‘rsatilgan nomzodlar orasidan 6 nafar ishtirokchi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga bo‘ladigan saylovning respublika bosqichida ishtirok etishga loyiq deb topildi.