Jamoatchilik eshituvi

 

NNT uyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi “2022-2026 yillarda Jizzax viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2013-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 22-bandi ijrosi yuzasidan Jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Unda viloyat kichik sanoat zonalari direksiyasi, NNTlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, O‘zbekiston XDP mahalliy Kengashlaridagi deputatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu bandda viloyatda 2022 yilda kichik sanoat zonalarini 23 tadan 25 taga yetkazish orqali 1,4 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etish nazarda tutilgan. Jamoatchilik eshituvida ushbu yo‘nalishda bajarilayotgan ishlar yuzasidan soha rahbarining axboroti tinglandi.

Tadbir so‘nggida joriy qilingan tizimning yanada rivojlanishi uchun zarur taklif va tavsiyalar bildirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish