Xayrli va savobli amallar davom etmoqda

 

O‘zbekiston XDP Kogon shahar kengashi hamda Buxoro viloyat deputati S. Rahimova tashabbusi bilan "Uyma-uy" loyihasi asosida “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini Madaniyat qo‘rg‘onidagi sobiq ABMK tashkiloti eski binosida voyaga yetmagan qizalog‘i bilan nochor va og‘ir sharoitda yashab kelayotgan Xurshida Hamroyeva, "Nurafshon" mahallasida istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan Nafisa Ro‘ziyeva, "Suxor" mahallasida yashovchi birinchi guruh nogironi Sanobar Mustafoyevalar xonadoniga tashrif buyurdi.

Deputatlik so‘rovi orqali ayol jajji qizalog‘i bilan barcha qulaylikka ega bo‘lgan ikki xonali ijtimoiy uyga joylashtirildi. Nafisa Ro‘ziyevaga uy-ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan maishiy jihozlar muzlatgich, gaz plitasi hamda mikroto‘lqinli pech, Sanobar Mustafoyevaga homiylik asosida Wi–Fi internet uskunasi o‘rnatilib, tarmoqqa ulandi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish