Buxoroda Yoshlar parlamenti a’zoligiga nomzodlar saralandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zoligiga nomzodlarni saralash maqsadida O‘zXDP Buxoro viloyat Kengashi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zoligiga saylovning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Saylovning viloyat bosqichida iqtidorli, zukko, tashabbuskor, yangilikka intiluvchan 26 nafar yigit-qizning nomzodi ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat Kengashi tashkiliy qo‘mitasi tomonidan partiya tashkilotlariga Yoshlar parlamentiga a’zo bo‘lish istagini bildirgan nomzodlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqildi. Jarayonda yoshlarning ilmiy salohiyati, erishgan yutuqlari, amalga oshirgan loyihalari, ijodiy qobiliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Nomzodlarning qonunchilik sohasidagi bilim va tajribasi sinovdan o‘tkazildi, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha asosli takliflari eshitildi. Shuningdek, partiya faoliyatidagi faollik darajasi, partiyaning faoliyatini huquqiy tartibga soluvchi qonun hujjatlarini bilish darajasi e’tiborga olindi.

 

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish