Amaliy faoliyat

 

Ma’lumki, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, turmush qiyinchiliklariga uchragan ayollarga har tomonlama ko‘mak berish masalasiga davlatimiz tomonidan jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda ushbu dolzarb masala O‘zbekiston XDPning dasturiy maqsadlarida ham ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda O‘zXDP Jizzax shahar kengashi va partiya deputatlik guruhi a’zosi M. Imomovning tashabbusi bilan viloyat partiya kengashi bo‘lim boshlig‘i J. Yadgarova ishtirokida “Uyma-uy” loyihasi doirasida Madaniyat MFY da istiqomat qiluvchi, partiya elektorati bo‘lgan olti nafar xotin-qizlar holidan xabar olinib, ularning muammolari joyida o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar jarayonida ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar (kommunal to‘lovlardan qarzdorlik, kredit olish, sog‘liqni tiklash va hokazo) yechimi yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida huquqiy tushunchalar berish bilan bir qatorda, ayrim masalalar aloqador tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovi chiqarish orqali hal etish choralari belgilandi.

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish