O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar Bektemir, Mirobod, Sergeli tuman kengashlari tomonidan "Inson qadri uchun" shiori ostida “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik-tanlovda deputatlar faol qatnashib o‘zlarining siyosiy va huquqiy bilimlarini hamda iste’dodlarini namoyish qildilar.
Tanlov yakuniga ko‘ra faol ishtirok etgan Bektemir tuman Kengashi 17-Qo‘qon Darvoza saylov okrugi deputati Mamayusupov Muzaffar Abdusamatovich "Eng faol" deputat nominatsiyasida 1 o‘ringa, 27-Sangzor saylov okrugi deputati Nishanbekova Umida Abdujabborovna “Eng ma’rifatli deputat” nominatsiyasida 2 o‘ringa, Mirobod tuman Kengashi 7-Avloniy saylov okrugi deputati Karimov Avaz Azizjonovich 1-darajali diplom hamda "Eng ko‘p hurmatga sazovor deputat" nominatsiyasida 1 o‘ringa loyih topildi.
Shuningdek, 22-Oq uy saylov okrugi deputati Pulatova Shahnoz Sa’dullayevna 2-darajali diplom hamda "Eng faol deputat" nominatsiyasida 2 o‘rin, 25-Yuksalish saylov okrugi deputati Naimova Nodiraxon G‘ulomovna "Yilning eng jonkuyar deputati" nominatsiyasida, Sergeli tuman Kengashi 17-Jahonaro saylov okrugi deputati Xvan Zinaida Innokentiyevna 1-darajali diplom hamda "Eng jonkuyar deputat" nominatsiyasida, 12-O‘zgarish saylov okrugi deputati Saidxo‘jayeva Nigora Ergashevna “Eng ma’rifatli deputat” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.
Tanlov yakunida ishtirokchilarga maxsus diplom va sovg‘alar tantanali topshirildi.