Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi deputati S. Boltaboyev o‘z hududidagi saylovchilar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda fuqarolar "O‘zbekiston" va "Yoshlik" ko‘chalarining baland adirida istiqomat qiluvchi aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish hamda shu joylarga o‘rnatilgan yog‘och stalbalar o‘rniga yangi beton stalbalar o‘rnatish masalalarida yordam so‘rab murojaat etdilar.
Muloqot davomida ko‘tarilgan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlari mutassadi rahbarlarga deputatlik so‘rovi yuborish orqali hal qilinadigan bo‘lindi.
Sayyor qabul so‘nggida S. Boltaboyev qonunchilikdagi yangiliklar haqida tushuntirishlar berib o‘tdi. Prezidentimizning “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, umumiy quvvati 4 300 MVt bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushirilishi to‘g‘risida suhbatlashildi xamda aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya berilishi yuzasidan ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, 2023 yil 1 apreldan respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshirilishi xaqida gapirib berdi.