Xotin-qizlar faollik ko‘rsatishmoqda

 

O‘zbekiston XDP Muborak hamda Chiroqchi tumanlari kengashi tomonidan “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Deputatlar siyosiy hozirjavoblik, aholi muammolarini bartaraf etish yuzasidan loyiha taqdimoti va o‘z okruglarida qilingan ishlari va yutuklari, aholi bilan uchrashuvlari va muammolar yechimi yuzasidan bilimlari sinaldi.

Muborakda 17-Yangi hayot saylov okrugidan saylangan deputat To‘rayeva Xanifa To‘xtayevna g‘olib deb topilgan bo‘lsa, Chiroqchi tumanida 29-Yangikurilish saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Muhayyo Tuginovna g‘olib deb topilib, ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish