Aholi bilan muloqot – rivojlanishning bosh mezoni!

 

Deputat xalqning xizmatchisi, tinglovchisi bo‘lishi kerak. Mavjud muammo va kamchiliklarni tegishli tartibda bartaraf etish, uning asosiy vazifasidir.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Urol O‘rozboyev o‘z saylov okrugi Sharof Rashidov tumaniga tashrif buyurib, saylov okrugidagi mavjud infratuzilmalarni o‘rganish, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha joylarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda bu borada olib borilayotgan islohotlarni tushuntirish ishlarini tashkil etish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, sohalar faoliyati barqarorlashuviga to‘siq bo‘layotgan muammolarni tahlil etish va ularga yechim bo‘ladigan tizimlarni ko‘rib chiqish, aholi bilan muloqot qilish va ularning murojaatlarini eshitib, bartaraf etish yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023 yil 25 yanvarda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 4-sonli Bayoni 2-bandi, shuningdek, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax va Buxoro viloyatlariga tashriflari davomida belgilab berilgan vazifalar ijrosi xususida mutasaddilar bilan o‘zaro fikr almashildi.

Tumanda 2023 yil uchun bandlik dasturlari ishlab chiqilganligini va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama qilinib, jami 21 454 ta ish o‘rinlari, shundan 7342 tasi doimiy, 12 575 tasi mavsumiy hamda 1536 tasi esa legallashtirish ish o‘rinlarini reja sifatida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi kelishib olindi.

2022 yil Investitsiya dasturi asosida yangi foydalanishga topshirilgan Oilaviy shifokorlik punktlari hamda umumta’lim maktablari bilan tanishildi. Jumladan, Olmachi OP va G‘ozg‘ontepa OShPlarning moddiy texnik bazalari bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘rib chiqildi. Mavjud muammolarni mutasaddilar bilan bartaraf etish chora-tadbirlari belgilab olindi. Tumandagi o‘tgan yili yangidan ta’mirlangan maktablar, 19-20-sonli umumta’lim maktablaridagi shart-sharoitlar tahlil qilindi. Mazkur umumta’lim maktablarida ta’mirlash va jihozlash ishlari yakuniga yetmaganligi ma’lum bo‘ldi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish