Ko‘rik-tanlovining Yangiobod tuman bosqichi o‘tkazildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Yangiobod tuman kengashi tomonidan "Inson qadri uchun" shiori ostida “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.O‘razaliyeva, O‘zXDP Jizzax viloyat kengashi raisi o‘rinbosari M. Boboyevalar qatnashib, tanlovda ishtirok etgan 6 nafar deputatlarni Nizom talabi asosida 3 shart bo‘yicha siyosiy va huquqiy bilimlari hamda iste’dodlarini baholab bordilar.

Tanlov yakuniga ko‘ra, 15-Iskandar saylov okrugi deputati Raimova Gulbahor G‘aybullayevna faxrli 1-o‘ringa loyiq deb topilib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Qolgan deputatlar ham nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. Tanlov yakunida ishtirokchilarga maxsus diplom va sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish