Yoshlarning muammolari hal etildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zulayho Akramova o‘z saylov okrugi Do‘stlik tumaniga tashrif buyurib, saylov okrugidagi mavjud infratuzilmalarni o‘rganish, sohalar faoliyati barqarorlashuviga to‘siq bo‘layotgan muammolarni tahlil etish va ularga yechim bo‘ladigan tizimlarni ko‘rib chiqish, aholi bilan muloqot qilish va ularning murojaatlarini eshitib, bartaraf etish yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

Do‘stlik tumanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar jarayonida tuman hokimi Shavkat Darveshov bugungi kunda aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada erishilayotgan yutuqlar, shuningdek, hududda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash uchun qilingan ishlar, rejalar to‘g‘risida batafsil tanishtirdi.

Qahramon mahallasidagi kasbga o‘rgatish maskanlari faoliyati o‘rganildi. Bugungi kunda Do‘stlik tumani aholisi 66,5 ming nafarni tashkil etsa, shundan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 30,8 ming nafarni tashkil etadi. Mahallalardagi yoshlarning muammolari va takliflarini o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha 435 nafar yoshlarning muammolari hal etildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis
← Roʻyxatga qaytish