Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari saylovi (video)
Uchinchi – yakuniy (respublika) bosqichi 20-22 fevral kunlari oralig‘ida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashida videokonferensiya shaklida (zoom platformasi orqali) o‘tkazildi.
Markaziy Kengash tashkiliy qo‘mitasi a’zolari 78 nafar nomzodlarning har biri bilan suhbatlashib, ularning saylovoldi dasturi taqdimoti bilan tanishdi. Nomzodning notiqlik madaniyati, loyiha mazmunini tinglovchilarga yetkazishi hamda hozirjavobligi savol-javob shaklida sinovdan o‘tkazildi.