Mehr ulashib...
Sahovat xalqimizga xos xususiyat. Yurtimizda o‘zgalar ko‘magiga muhtoj fuqarolar holidan xabar olish va ularga dalda bo‘lish maqsadida xayrli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Kuni kecha "To‘rtko‘l-95" MChJ rahbari R. Ibragimov homiyligida "Barkamol avlod" bolalar maktabi rahbari tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari Z. Abdullayeva va S. Gichgeldiyevalar bilan birgalikda "Mehr oqibat — xalqimizga xos fazilat" shiori ostida tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor fuqarolar holidan xabar olib, ularga kerakli bo‘lgan nogironlik aravachalari topshirildi.
Ushbu tadbir davomida oltita xonadondagi fuqarolarga mehr, e’tibor ko‘rsatish bilan bir qatorda bahoriy ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.