Kuchlilar raqobatda saralanadi

 

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyati kengashi tomonidan “Tashabbus va g‘oyalarimiz mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti uchun” shiori ostida "O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng faol deputati" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rik-tanlov Nizom talablari asosida yuqori saviya va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Unda tanlovning tuman, shahar bosqichida birinchi o‘rinni egallagan deputatlar o‘zaro kuch sinashdi. Har bir deputat o‘zlarining siyosiy savodxonligi, o‘z saylov okruglaridagi odamlarni o‘ylantirayotgan muammolarni hal qilish, aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijro etuvchi hokimiyat idoralari faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish borasida amalga oshirayotgan ishlarini hakamlar hay’ati oldida to‘liq yoritib berishga intildi.

Hayajonga boy o‘tgan tanlov jarayonida deputatlarimizning faoliyati sarhisob qilindi.

Yana bir muhim jihat shundaki, hakamlar hay’ati viloyatdagi eng kuchli mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkil etildi. Ayniqsa, maktab tarix darsliklarining nashrida katta hissa qo‘shgan JDPU professori, tarix fanlari doktori Fanya Axmedshina hamda o‘zoq yillar deputatlik faoliyatini olib borgan partiyamiz faxriysi Iymomqul Berdiyevlarning ishtiroki barchani quvontirdi.

Uzoq va bahslarga boy bo‘lib o‘tgan tanlov natijalariga ko‘ra Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputati Akmal Ismailov tanlovning mutlaq g‘olibi deb topildi.

2-o‘rinni Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Musaxon Imomov, 3-o‘rinni Xalq deputatlari Zafarabod tumani deputati Baxrom Hamroqulovlar egallashdi. Shuningdek, bir qator nominatsiyalar bo‘yicha ham deputatlar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish