Dilorom Abdullaeva Samarqand viloyatining Payariq tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma'lumoti oliy. 1978 yilda I.P. Pavlov nomidagi Samarqand davlat medisina institutini tamomlagan.
Dilorom Abdullaeva 10-son QOP mudiri lavozimida ishlab turib, tuman aholisining kasalliklarga chalinishining oldini olish, tozalikka, gigienaga rioya qilish bo‘yicha qat'iy choralar ko‘rdi, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, ularni tekshirish, belgilangan standartlar asosida davolash ishlarini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy ishlarni jonlantirdi. Ayniqsa, qishloq aholisi, jumladan bolalar va ayollar o‘rtasida ko‘p uchraydigan kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini yaratish, toza ichimlik suvini ichish, gigienaga rioya qilish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bordi.
Jamoat ishlarida ham faol. Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilib kelmoqda. Xalqimizning tibbiy madaniyatini yuksaltirish, jismoniy va ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash ishlarida faol qatnashadi.
Dilorom Abdullaeva O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining faoli sifatida ko‘pchilikning mehrini qozongan. Sog‘lom avlodni kamol toptirish ishlariga qo‘shgan katta hissasi inobatga olinib D. Abdullaeva 2022 yilda II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlangan.