O‘zbekistonda maktabda olingan yakuniy baholar OTMga kirishda hisobga olinadi (video)
2023-yildan boshlab oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirishda toʻplangan ballarga maktab attestatidan olingan oxirgi 6 yillik oʻqish baholari qoʻshiladi.
Yaʼni, 6-11-sinflar yoki 6-9-sinflar va kollejlar 1-2-kurslarining yillik baholari hisobga olinadi.
Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha oʻtkaziladi:
86-100% uchun – 5 baho;
71-85% – 4 baho;
56-70% – 3 baho;
56% gacha – 2 baho.
Asos: https://lex.uz/docs/5734831