Poytaxtning eng faol deputati ma’lum bo‘ldi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan “Tashabbus va g‘oyalarimiz mustaqil O‘zbekiston taraqqiyoti uchun!” shiori ostida “Eng faol deputat” ko‘rik tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, deputatlar turli sohalarda faoliyat yurituvchi tajribali fidoyi, jamiyatda hurmat qozongan va obro‘-e’tiborga ega shaxslar orasidan saylanadi. Lekin ular deputatlik faoliyatini qanday olib borishlari bo‘yicha alohida o‘qitilmaydi, bu borada xalq noiblari hayot maktabida olgan bilimlariga tayanishadi. Bunday ko‘rik tanlovlar esa deputatlarning o‘zaro tajriba almashishi, faoliyat samaradorligining oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi vaqtlarda mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijro etuvchi hokimiyat idoralari faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish va odamlarni o‘ylantirayotgan muammolarni hal etish borasida sa’y-harakatlari o‘z samarasini bera boshladi.

Ushbu ko‘rik tanlovda tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘zining deputatlik, sog‘liqni-saqlash, ilm-fan, madaniyat, san’at, siyosat hamda ijtimoiy sohalardagi yutuqlari bilan munosiblar qatorida e’tirof etilgan 7 nafar deputat ishtirok etdi.

Ko‘rik-tanlov yakunlariga ko‘ra 3 ta shart bo‘yicha "Eng faol deputat" ko‘rik tanlovining Toshkent shahar bosqichida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Rahmatillayeva Muqaddasxon Mamayunusovna g‘olib deb topilib, Respublika bosqichiga yo‘l oldi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Saylov-2019 Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish