O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Yoshlar sektori tashabbusi bilan "Yoshlarga oid davlat siyosati" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda "Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi" davlat muassasasi Bosh yuriskonsulti, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari Shohruh Mamatqulov partiya yoshlar qanoti va faol talaba yoshlar bilan muloqot qildi.
Suhbat davomida yoshlar o‘z huquqlari va qonunchilikdagi yangiliklar, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoshlarga oid davlat xizmatlarini onlayn shaklda ko‘rsatish tartiblari bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirda yoshlar “Million dasturchi” loyihasi, Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish, Xalqaro IT-sertifikatlarini olganlik uchun xarajatlarni 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish kabi boshqa onlayn davlat xizmatlari haqida soha mutaxassisidan javoblar olishdi.