Jaholatga qarshi — ma’rifat

 

"Jaholatga qarshi ma’rifat" deb nom olgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi barcha mahallalar, ta’lim muassasalari yoshlari hamda mehnat jamoalari xodimlari orasida davom etmoqda.

Jumladan, Uchtepa mahallasida ham shu mazmundagi tadbir tashkil etildi. Unda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati yana bir bor tushuntirildi.

Mazkur tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad, dinning aslida ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar, azaliy qadriyatlar aks etganligini targ‘ib qilish, yosh avlodga milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizni boricha yetkazish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish