Qonunchilik yoshlar nigohida

 

O‘zbekiston XDP Toyloq tuman kengashi tomonidan Prezidentimizning yoshlar siyosati borasida qabul qilayotgan qarorlari va boshqa me'yoriy hujjatlar mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish maqsadida "Qonunchilik yoshlar nigohida" loyihasi o‘tkazildi.

Ushbu loyiha orqali yoshlarning huquqiy bilimlari yuksaltirilib, yoshlarning siyosiy faolligi oshirilmoqda. Toyloq tuman Kengashi raisi Q. Nizomov bugungi kunda mamlakatimizda joriy etilgan qonun va qarorlar yuzasidan davra suhbati ishtirokchilariga tushunchalar berdi.

Muloqotda o‘quvchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan savol-javob qilinib, fikr-mulohazalar tinglandi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Men OʻzXDPni tanladim Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish