Safimizdagi yoshlar

 

O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi deputati F. Akiyeva Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda "Safimizdagi yoshlar" loyihasi doirasida Buxoro tuman hokimligida "To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi" mavzusida tibbiyot instituti yoshlari bilan davra suhbati o‘tkazdi.

Ta’kidlandiki, ta’lim muassasalarida yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan, tarkibida shakar, tuz, transyog‘lar miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari iste’molini kamaytirish, sog‘lomlashtirish mashqlari va gigiyena qoidalariga amal qilish, o‘qish va ish joylarida yoshlarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi muhim. Buning natijasida aholi, ayniqsa, yoshlar orasida sog‘lom ovqatlanishni tashkil qilish va jismoniy faollikni targ‘ib qilish hisobiga yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldi olinadi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan ko‘rgazma tashkil qilindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat
← Roʻyxatga qaytish