Salomatlik e’tiborimiz markazida
O‘zbekiston XDP G‘uzor tuman kengashi tashabbusi bilan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro hayriya fondi viloyat bo‘limining malakali shifokorlari ishtirokida “Onalik va bolalik muhofazasi-doimiy e’tiborda” loyihasi doirasida tumandagi “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini Mirishkor qishlog‘ida tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rikka malakali ginekolog, terapevt, nevropatolog va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar jalb qilindi.
Loyiha doirasida 65 nafar xotin-qiz va 12 nafar o‘smir ko‘rikdan o‘tkazildi. Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga qo‘yilgan aniqlangan kasalliklari shifosi uchun bepul dori-darmonlar, ko‘zoynaklar berildi.