Toshkentdagi Ko‘tarma mahallasida bayram shukuhi
Uch ming yildan ziyodroq tarixga ega, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida aks ettirgan sharqona yangi yil – yangilanish, poklanish, ezgulik va bag‘rikenglik bayrami Navro‘z Toshkent shahri, Chilonzor tumanida ham katta tantana qilinmoqda.
Tumandagi Ko‘tarma mahallasida okrug deputati Donoxon Mahmudova, mahalla raisi va faollari tomonidan bayram dasturxoni yozilib, osh tortildi.
Ezgulik va saxovatga yo‘g‘rilgan, xayru-saxovat, mehr-oqibat, yosharish bayramida ko‘ngillaringiz baxtu-quvonchga to‘lsin. Tinch va osoyishta yurtimizga ko‘z tegmasin.