Yangilanayotgan Konstitutsiya kelajakni belgilaydi

 

Uzun tumani Madaniyat bo‘limida “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Uchrashuvni Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Raxmonov kirish so‘zi bilan ochib berdi va Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Muloqotda qatnashgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Xasanova Mavjuda G‘aniyevna mavzu yuzasidan gapirib, Konstitutsiyaning oddiy aholi vakillari hayotida tutgan o‘rnini misollar yordamida tushuntirib berdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilardan tushgan savollarga mas’ullar atroflicha javob berib o‘tishdi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish