Konstitutsiyada gender tenglik masalalari

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Surxondaryo viloyat Kengashiga saylangan deputat D. Jo‘rayeva, xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari F. Narmamatova va D. Sherboyevlar tomonidan Muzrabot tumanidagi 21-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi faollar zalida hamda tumandagi 22-51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmuni va mohiyatini tushuntirishga hamda referendum o‘tkazilishiga bag‘ishlangan targ‘ibot-tashviqot uchrashuvlari o‘tkazildi.

Tadbirda musiqa maktabi xodimlari, hudud mahalla raislari, tuman hokimi yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Muloqotda O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi va unga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar va ular orqali barcha yaqinlarini 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish