Uchrashuvlar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

 

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya va referendum masalasi mehnat jamoalari, tashkilotlarda, umuman har bir fuqaroda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ye.V.Babenko ishtirokida o‘tayotgan uchrashuvlarda ham mana shunday qizg‘in suhbatlarga guvoh bo‘linmoqda.

Andijon shahar 31-maktab jamoasi bilan tashkil etilgan uchrashuvda Konstitutsiya loyihasidan o‘rin olgan ta’lim va huquqiy masalalar qizg‘in muhokama qilindi.

Referendumda faol ishtirok etish mamlakatimiz fuqarosining burchi ekanligi tushuntirildi.

 

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish