Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik va davlatga mas’uliyat

 

Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi Samarqand viloyatining qator hududlari, jamoat birlashmalari, tashkilot va mahallalarida keng muhokama qilinmoqda. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputat Z. Berdiyeva Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan 62-son umumtalim maktabi jamoasi va ota-onalar bilan uchrashdi.

“Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik va davlatga mas’uliyat” shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbirda ishtirokchilarga Referendum mazmun-mohiyati to‘g‘risida, yangilanayotgan Konstitutsiyada davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishi, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi, o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirishdagi o‘rni borasidagi o‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Deputat Z. Berdiyeva tumanning “Guliston” Oilaviy shifokorlik punkti xodimlari bilan ham uchrashib, Referendum yuzasidan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazdi. U o‘z so‘zida yangi Konstitutsiyaning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini yanada yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidlab, bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Nurabod tumanining 2-son kasb-hunar maktabida tuman 3-sektor hududidagi mahalla faollari uchun Konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Xolova ham qatnashib, konstitutsiyaga kiritilayotgan yangi moddalar va o‘zgartirishlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Nurabod tuman tibbiyot birlashmasida Xalq deputatlari Nurabod tuman Kengashi deputati, tuman Kengashi raisi o‘rinbosari B. Oblonov tashabbusi bilan “Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati”mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi deputatlari Xolmurod Shamanov va Muhiddin Achilovning tumandagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchilar bilan jonli muloqoti bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning 30 aprelida o‘tkaziladigan referendumning mohiyati tushuntirib berildi. Yangilanayotgan konstitutsiya matni havola etilib, unga qo‘shilayotgan yangi moddalar va o‘zgartishlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish