Xalq Konstitutsiya bilan xalqchil davlat sari

Chortoq tuman XTB qarashli "Yuksalish" MFYda joylashgan 6-maktabda "Xalq Konstitutsiya bilan xalqchil davlat sari!" shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Qonunchilik palatasi deputati Sh.Turg‘unova, O‘zXDP Chortoq tuman kengashi raisi T. Ismoilov, deputat yordamchisi Yu. Dedaboyev, Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi deputati A. Bo‘ranov, "Yuksalish" MFY raisi B. Artiqov, "Yuksalish" MFY mahalla fuqarolari hamda maktab o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Deputat Sh. Turg‘unova Yangilanayotgan Konstitutsiyasidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir inson hayotida qay darajada muhimligini atroflicha tushuntirib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqan faxriy o‘qituvchilar haqiqatdan ham bu o‘zgarishlardan xursand ekanliklarini bildirishdi.

Kosonsoy tumanida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. Temirov tumandagi eng yirik ishlab chiqarish korxonalaridan biri "Barkas teks" korxonasida bo‘lib, yangilanayotgan Konstitutsiya mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berdi.

Tadbirda Oliy Majlis Sentati a’zosi I. Najmiddinov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. Temirov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri D. Valiyevalar so‘zga chiqib, hayotimizning mezoni, jamiyatning har bir jabhasi, odamlarning kundalik hayoti Bosh Qomusimizda belgilangan me’yorlar, normalar bilan chambarchas bog‘liqligi ta’kidlab o‘tdilar.

Tadbir davomida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish