Farovon hayot uchun ijtimoiy davlat kerak!

 

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi va tumanlar kengashlari tomonidan poytaxtimizda ko‘plab tadbirlar tashkil etildi.

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati N. Eshmetova "Minglola" MFY da mahalla raisi maslahatchisi K.Toshpulatov, TIQXMMT milliy tadqiqot universiteti yuridik fanlar nomzodi X.N.Nazarov bilan birgalikda "Bu mening tanlovim – bu mening Konstitutsiyam!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Uchrashuvda konstitutsiyaga kiritilayotgan yangi normalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Chilonzor tumanidagi 37-Oilaviy poliklinikada"Konstitutsiya uchun ovoz beramiz!","Farovon hayot uchun ijtimoiy davlat kerak!" shiorlari ostida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston XDP Chilonzor tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Mahmudova va bosh shifokor M. Mahkamova ma’ruza qilib, umumxalq referendumida faol ishtirok etish hamda yangilanayotgan konstitutsiyaning mazmun mohiyati yuzasidan fikr mulohazalar bildirib o‘tildi.

Yashnobod tumanidagi 28-Oilaviy poliklinikada “Bu mening tanlovim - bu mening Konstitutsiyam” shiori ostida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida O‘zXDP Yashnobod tuman Kengashi raisi O. Buzurukxodjayeva, tuman tibbiyot birlashmasi Bosh shifokori Qudratov va boshqalar so‘zga chiqib Konstitutsiyaning yangi tahriri yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdilar.

Shuningdek, Sergeli tuman Sanitariya epidemiologiya markazida tuman hokimiyati bilan hamkorlikda "Konstitutsiya o‘zimizniki" mavzusida, O‘zbekiston XDP Olmazor tuman Kengashi tomonidan “Ziyo” MFY da “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” shiori ostida, Mirobod tumani Bilimdon MFY binosida "Yangi Konstitutsiya bilan umummilliy taraqqiyot sari!", "Bu mening tanlovim - bu mening Konstitutsiyam!" shiorlari ostida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish