“Konstitutsiya o‘zimizniki”

 

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, “Shuhrat” medali sohibi Elyor Rahmatov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova, Toshkent viloyati Xalq deputatlari Kengashi deputati, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sayyora Fayziyeva, sportning “Boks” turi bo‘yicha jahon chempioni, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori Elnur Abduraimov hamda tuman yoshlari, faollari, deputatlari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar yangi Konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidlab, barchani 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirishdi.

Tadbir davomida tumanning bir guruh san’atkorlari, “Gulyor” folklor-etnografik jamoalarining chiqishlari, raqs va sahna ko‘rinishlari davraga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish