Kelajaging uchun ovoz ber!

 

Mirzacho‘l tumani Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 2-sonli umumta’lim maktabida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha “Farovon hayot uchun ijtimoiy davlat kerak!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zulayho Akramova so‘zga chiqib, Konstitutsiyada jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingani, Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyat jipslashgani, Bosh Qomusimiz tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotgani, konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshganligini, xalqimiz takliflari asosida yangilanganligini ta’kidladi.

Yangilangan Konstitutsiya xalqimiz hayotini yanada yuksaltirishga xizmat qilishini, o‘z taqdiri, o‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan har bir fuqaro, albatta konstitutsiyaviy islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, 30-aprel kuni o‘tkaziladigan referendumda ovoz berishga chorlandi.

Deputatning hududdagi uchrashuvlari davom etmoqda.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish