Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!

 

Chilonzor tumanidagi Toshkent shahar pulmonologiya va ftiziatriya markazida “Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda targ‘ibot guruhi a’zosi, Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Donoxon Mahmudova so‘zga chiqib, Konstitutsiyaning yangi tahriri bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi. Shuningdek, Toshkent shahar pulmonologiya va ftiziatriya markazi direktori, targ‘ibot guruhi a’zosi L. Qalandarova ham so‘zga chiqib, yangi konstitutsiyaning mohiyati haqida gapirib berdi.

O‘zbekiston XDP Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi tomonidan 9-OP da 30 aprel kuniga belgilangan Referendum, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilariga tibbiyot sohasidagi o‘zgarishlar, inson salomatligini mustahkamlash va muhofaza qilish bo‘yicha kiritilayotgan normalar haqida ma’lumotlar berildi.

Savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda qonun ijodkorligi jarayonida yoshlar ishtirokini yanada faollashtirish, qonunlarni qo‘llash amaliyotining dolzarb muammolarini ular bilan birgalikda muhokama qilish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bir qancha takliflar o‘rtaga tashlandi.

Shayxontohur tuman Kengashi raisi T. Axmedov Toshkent Kimyo Texnologiya Institutida talaba-yoshlar bilan targibot tadbirini o‘tkazdi. Unda Institut pedagog xodimlari hamda yuridik fanlari professori X. Nazarov ishtirok etdi. Dastlab, T.Ahmedov Konstitutsiyaviy loyihaning xalqchilligi, fuqaro va insonlarning huquqlari va erkinliklari, kuchli ijtimoiy himoya va muhtojlarga g‘amxo‘rlik bo‘yicha davlatning asosiy ustuvor yunalishlari belgilanayotganligini tushuntirdi.

Muloqot qizg‘in va savol-javobga boy tarzda o‘tdi. Talaba-yoshlar 30-aprel kuni o‘tkaziladigan Referendumda faol ishtirok etishga, o‘zlarining fuqarolik burchini bajarib, kelajaklarini qurishga da’vat qilindi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish