Qo‘qonlik yoshlar yangilanayotgan Konstitusiya tarafdori

 

Buyuk o‘tmishga ega, Buyuk ipak yo‘lining yorqin izlari qolgan ko‘hna va navqiron Qo‘qon shahrida “Konstitusiya o‘zimizniki” shiori ostida Konstitusiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Qo‘qon musiqali drama teatri ochiq maydonida tashkil etilgan tadbirda shahardagi oliy ta'lim muassasalari talabalari hamda mahallalarda yashovchi minglab yoshlar ishtirok etdi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlari yoshlarning haq-huquqlari, ularning ta'lim olishi, ishga joylashishi bilan bog‘liq huquqlari Konstitusiyada mustahkamlash qo‘yilayotgani to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berdi.

So‘x tumani Sarikanda mahallasida “Konstitusiya meniki, seniki, bizniki! Konstitusiya o‘zimizniki!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar hamda Yangi tahrirdagi Konstitusiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundan-da yuksalishiga xizmat qilishi haqida gapirdilar.

Tadbirda taniqli san'atkor va shoirlar ham qatnashib, o‘zlarining musiqiy dasturlari bilan ishtirokchilarni xushnud etishdi.

 

 

 

Teglar

Deputat Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish