Elning ovozi maqsadlarning parvozi bo‘lajak!

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘rol O‘rozboуev, O‘zXDP Jizzax viloyati kengashi raisi N. Xolmatovlar ishtirokida Jizzax shahridagi Musiqa va san'at maktabi, 20-umumta'lim maktabi, Sharof Rashidov tumanidagi 19-umumta'lim maktablarida yangilanayotgan Konstitusiyaviy qonun loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Mahalla faollari, fuqarolar, yoshlar, pedagoglar ishtirok etgan uchrashuvlarda mamlakatimizning uzoq muddatli taraqqiyoti, xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolat sifatida O‘zbekiston “suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat” ekanligi hamda ushbu prinsipial qoidalarni o‘zgartirish mumkin emasligi alohida belgilab qo‘yilayotgani haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, bosh Qomusimizda har bir shaxsning respublika hududida erkin harakatlanishi, turar va yashash joyini erkin tanlash huquqi, respublikadan tashqariga chiqish huquqi hamda O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatimizga moneliksiz qaytish huquqi belgilanayotgani to‘g‘risida deputatlar tomonidan atroflicha fikr yuritildi.

Konstitusiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha joylarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari davomida ishtirokchilar konstitusiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati, referendum jarayonlari haqida batafsil ma'lumotga ega bo‘ldilar.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda fuqarolarga mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiya va tushunchalar berildi. Barcha yoshlar, xodimlar va fuqarolar joriy yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chorlandi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Oliy Majlis Partiya munosabati Konstitutsiyaga taklif
← Roʻyxatga qaytish